SERBIYA

SERBIYA

SERBIYA (Cp6nja, Sradije) Serbiya Respublikasi — Serbiya va Chernogoriya tarkibiga kiruvchi respublika. Dunay havzasida joylashgan. Mayd. 88,4 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (1997). Poytaxti — Belgrad sh. 2 muxtor oʻlkaVoyevodina hamda Kosova va Metoxiyani oʻz ichiga oladi. Maʼmuriy jihatdan Serbiya tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi. Serb (65,4%), alban (16,5%), venger (3,3%) va b. xalqlar yashaydi. Rasmiy til — serb tili. Aholi xristian (pravoslav va katolik), islom va b. dinlarga eʼtiqod qiladi. Serbiyaning oʻz konstitutsiyasi, parlamenti (skupshchina) va hukumati bor.

Ensiklopediya.uz
SERBIYA