RUSTAMOV
RUSTAMOV Alibek (1931.15.5, Yangiyoʻl sh.) — manbashunostilshunos olim. Oʻzbekiston FAakad. (1995), filol. fanlari d-ri (1968), prof. (1968). Oʻrta Osiyo un-ti sharq f-tining eronafgon boʻlimini tugatgan (1955). Shu untning tilshunoslik kafedrasida laborant (1956—57), aspirant (195759), oʻqituvchi (1960). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-ti katta ilmiy xodimi (196061), ToshDU sharq f-ti dotsenti (196165), Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika in-ti umumiy tilshunoslik kafedrasining mudiri (1965—90), Toshkent sharqshunoslik in-ti turkiishunoslik kafedrasining mudiri (1991—99), kafedra prof. (2000-y. dan). Rustamov asarlari turkiishunoslik hamda umumiy tilshunoslikning amaliy va nazariy masalalariga, qad. turkiy (uzbek) tili va yozuvi, Navoiy asarlari tilini oʻrganishga, uslub va uslubshunoslik, aruz sheʼr tizimi, mumtoz adabiyot terminlari tadqiqiga bagʻishlangan; u, shuningdek, ilmiy va badiiy tarjima bilan shugʻullanadi (Mas, Atoulloh Husayniyning «Badoye ussanoye» asarining forschadan uzbekchaga, Alisher Navoiyning «Mahbub ulqulub» asarining ruschaga tarjimasi); «Oʻzbek tilining izohli lugʻati»ni (1981) tuzishda qatnashgan.
Ensiklopediya.uz
RUSTAMOV