SAʼDIY

SAʼDIY

SAʼDIY Sheroziy (taxallusi; asl ism-sharifi Muslihiddin Abu Muhammad Abdullox. ibn Mushrifiddin) (1203/1210 Sheroz 1292.9.12) forsigoʻy shoir, adib va mutafakkir. Sharq xalqlari orasida Shayx Saʼdiy nomi bilan mashhur. Otasi Sheroz otabegi Saʼd binni Zanjiyning mulozimlaridan boʻlgan. Otadan yosh yetim qolgan Saʼdiy boshlangʻich maʼlumotni tugʻilgan shahri Sherozda olgach, tahsilni xalifalikning poytaxti, ilm va madaniyat markazi boʻlgan Bagʻdodda davom ettirgan. «Nizomiya» va «Mustansiriya» madrasalarida diniy, filologik, tabiiy va aniqfanlarni oʻrgangan. Oʻz davrining dongdor mutasavvifi va faylasufi Shahobiddin Suhravardiy hamda yirik ilohiyotshunos Abdulfaraj Abdurahmon ibn Jazviy qoʻlida tahsil olgan.

Ensiklopediya.uz
SAʼDIY