SARIQOʻL TIZMASI
SARIQOʻL TIZMASI — Sharqiy Pomirdagi togʻ tizmasi. Tojikiston Respublikasi Togli Badaxshon muxtor viloyati va Xitoy chegaralari boʻylab choʻzilgan. Tizma shim. da Markansuv daryosidan boshlanib, jan. da Beik dovonigacha (bal. 4762 m) davom etadi. Uz. 350 km. St. Tarim va Panj (Amudaryo) daryolari havzasini bir biridan ajratib turadi. St., asosan, kenglik boʻylab choʻzilgan. Eng baland joyi 6351 m (Lavirdir togʻi). Tizmada Amudaryo va Tarim vodiylarini bogʻlaydigan bir qancha dovonlar (Uchbel, Oʻzbel, Budabel, Aramit, Qulma, Tuzakchi va b.) bor.
Ensiklopediya.uz
SARIQOʻL TIZMASI