SAPAROVA
SAPAROVA Rayhon (1948.15.7, Nukus) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1971). 1971—86 y. lar Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida, 1986-y. dan Qoraqalpogʻiston yosh tomoshabinlar teatrida aktrisa (1986—2000-y. lar badiiy rahbar). Asosiy rollari: Turdigul («Jumagul»), Xoisha («Suymaganga suykanma»), Hurliqo («Oshiq Gʻarib»), FatmaIsmoil («Abu Rayhon Beruniy»), Zumrad («Uz arizasiga koʻra»), Klementino («Oti oʻchsin»), Bahor («Yurak oʻti soʻnmasin»), Oysha («Kelin»), Gulziyra («Onalar»), Zubarjat («Oy tutilgan tunda»).
Ensiklopediya.uz
SAPAROVA