YO‘QLOV

YO‘QLOV

YO‘QLOV

DO`STLARGA ULASHING:

YO‘QLOV

Momo xamirli qo‘llarini artib, nabirasi keltirgan tugunni yechdi. Issiqqina patir ustida qip-qizil bo‘lib pishgan somsalar…
Ichida narigi qishloqda yashaydigan qizini koyib qo‘ydi: “Men och qolayotuvmidim?! Sakkizta bolasining og‘zidan yulib, menga ilinadi-ya… Har kuni shu ahvol. Hali to‘rttagina manti, hali yupqa…Uyi yaqin bo‘lsa ekan. Kenjatoyini besh chaqirimdan har kuni yugurtiradi. Hah, omon bo‘lgur-a…”
Ikkinchi tugunchani yechdi. Bu bir devor qo‘shni turadigan bizneschi qizidan edi.
Tavba! Qayoqdan kun chiqdi? Bu nima qilgani? E-ha, non yopibdi-da…
Kecha non so‘rab chiquvdi. Elakday keladigan nonning yarmini sindirib oluvdi. Ko‘p olsa, qotib qolarmish. O‘zicha… qarzini qaytaribdi-da… Omon bo‘lgur…
Momo kichkinagina kulchaga termilib qoldi…

YO‘QLOV