SOʻFI OLLOYOR
SOʻFI OLLOYOR (1644, Kattaqoʻrgʻon bekligi Minglar qishlogʻi — 1724, Denov) — tariqat arbobi va mutasavvuf shoir. Shayxlar maktabi va Buxorodagi joʻybor shayxlari dargohida taʼlim olgan. Oʻz davrining barcha asosiy ilmlarini egallagan, arab va fors tillarini oʻrgangan. Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan boj mahkamasiga toʻra etib tayinlangan. Darveshona feʼl, shoirona koʻngil sohibi boʻlgan CO. bu lavozimdan tezda isteʼfo berib, oʻz davrining mashhur shayxi Navroʻzga shogird tushgan, tarikat talablarini bajarib, shayxlik martabasiga koʻtarilgan, valiulloh (karomat soxibi) boʻlib yetishgan. Turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan Soʻfi Olloyor ijodining asosiy yoʻnalishi islom maʼrifatini keng xalq orasiga yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bogʻliq gʻoyalarini targʻibtashviq qilishdan iborat. U «Maslak ulmuttaqin» («Taqvodorlar maslagi»), «Murod ulorifin» («Oriflar murodi»), «Maxzan ulmuteʼin» («Itoatkorlar xazinasi») asarlarini forsiy, «Sabot ulojizin» («Ojizlar saboti»), «Favz unnajot» («Najot tantanasi») masnaviylarini turkiy tidda yaratgan. Forsiy va turkiyda bitilgan boshqa sheʼrlari ham mavjud. «Mevalar munozarasi» nomli manzuma xam unga nisbat beriladi.
Ensiklopediya.uz
SOʻFI OLLOYOR