SUV BILAN ISITISH

SUV BILAN ISITISH

SUV BILAN ISITISH — eng keng tarqalgan isitish tizimi. Turar joylar, jamoat va sanoat binolarini isitishda kullaniladi. Isitiladigan xonalarga issiklik manbai (qaynoq suv) isitish asboblari va quvurlar orqali boradi. Suv bilan isitish bilan i. tizimi tarkibiga suv isitkich (qozon, issiklik almashish apparata), isitish asboblari (radiatorlar, konvektorlar, panellar, reyestrlar), suv quvurlari, kengaytirish idishi, suvni ochibyopish va rostlash armaturasi kiradi. Suv isitkich suvni 50—90° gacha isitib beradi. Oddiy qozonlarda suv isitish uchun oʻtin, kumir yoki gaz yoqiladi. Elektr qozonlarda elektr tokidan foydalaniladi. Issiqlik almashish apparatlari tizimiga tarqatiladigan suvni meʼyoriy traga moslashtirib beradi. Isitish asboblari ichida harakatlanadigan qaynoq suv va bugʻ bilan xonalarni isitib beradi. Isitish asboblari va quvurlaridagi issiq suv sovib, yana isitkichga qaytib keladi, qizigan suv kengaytirish idishida kengayadi, natijada quvurlar yorilib ketmaydi.

Ensiklopediya.uz
SUV BILAN ISITISH