RAYEVSKAYA Natalya Trofimovna
RAYEVSKAYA Natalya Trofimovna (1903.16.8, Tavrida gubernyasi) — ginekolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1961), tibbiyot fanlari d-ri (1961), prof. (1961). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1947), Oʻrta Osiyo tibbiyot in-tini tugatgach (1930), shu int akusherlikginekologiya klinikasida assistent (1933—42), dotsent (1942—61). 1951-y. dan Toshkent vrach lar malakasini oshirish in-ti akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri. Rayevskayaning ilmiy ishlari akusherlik va ginekologiyaning turli masalalariga oid. Rayevskaya brutsellyozning homilador ayollarda kechishi, uning davosi va oldini olish ustida tadqiqot olib borgan.
Ensiklopediya.uz
RAYEVSKAYA Natalya Trofimovna