RADIOAKTIV MINERALLAR
RADIOAKTIV MINERALLAR — tarkibida tabiiy radioaktiv elementlar Yer poʻstidagi oʻrtacha miqdordan koʻproq boʻlgan minerallar. Tarkibida uran, toriy yoki shu ikkala element boʻlgan 250 ga yaqin Radioaktiv minerallar maʼlum. Ular tarkibida asosiy komponent sifatida uranli minerallar yoki toriyli minerallar mavjud boʻlgan P. m. hamda radioaktiv elementlar izomorf aralashma (uran va toriy tarkibli minerallar) holida boʻlgan P. m. ga boʻlinadi.
Ensiklopediya.uz
RADIOAKTIV MINERALLAR