SUHBAT
SUHBAT – Men katta bo‘lsam shifokor bo‘larkanman. Oyim bilan dadam doim shunaqa deyishadi. Sen katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
SUHBAT
Mundarija
скрыть
DO`STLARGA ULASHING:
– Menmi? Men yaxshi oyi bo‘laman!
– Yaxshi oyi qanaqa bo‘ladi?
– Yaxshi oyi… qo‘g‘irchoqlarimga kiyim tikaman deb pardani qirqqanimda urmaydigan, ertak o‘qib bering deganimda, har kuni “dadangga bor, men ertaga o‘qib beraman” demaydigan, devorga rasm chizganda “Qo‘lginang sinib ketsin” demaydigan bo‘ladi…
SUHBAT