ROUS

ROUS

ROUS (Rous), Raus Frensis Peyton (1879.5.10, Baltimor — 1970.16.2, NyuYork) — amerikalik patolog va onkolog. AQSH Milliy FA aʼzosi. Jons Xopkins un-ti tibbiyot maktabini tugatgan. 1909-y. dan Nyu-Yorkdagi tibbiy tadqiqot in-tida ishlagan, 1945-y. dan shu intning faxriy aʼzosi. U tovuqlarda sarkoma paydo qiladigan onkogen viruslarni kashf etgan. Oʻsmalar etiologiyasi va patogenezida viruslar va kanserogen moddalar rolini tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1966).

Ensiklopediya.uz
ROUS