SOM TILLARI
SOM TILLARI — som-hom (afroosiyo) tillari makrooilasining bir tarmogʻi; Gʻarbiy Osiyoda va Afrikada Sahroi Kabirning shim. tomonlarida (jumladan, barcha arab mamlakatlarida, Isroil, Efiopiya, Eritreya, Somali, Jibuti, Turkiya, Malta davlatlarida, qisman Mali, Chad, Keniya, Gruziya, Ozarbayjon, Armanistonning ayrim hududlarida, AQSH va Jan. Afrikada) tarqalgan tillar. Bu tillarda 230 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi. St. quyidagi guruxlarga boʻlinadi: shim. sharqiy (ossuriy va bobil lahjalariga ega boʻlgan oʻlik akkad tili); shim. gʻarbiy (jonli tillar: ivrit va Suriya, Eron, Iroq, Turkiya va b. hududlardagi yangi oromiy lahjalari; ulik tillar: amori, ugarit, xanaan, qad. yahudiy tillari, oromiy laxjalari, palmira, nabotiy, falastin tillari va b.); jan. markaziy (birbiridan kuchli farq qiluvchi soʻzlashuv lahjalari boʻlgan arab tili hamda Malta o. dagi malta tili); jan. chekka (jonli tillar: mehriy, jibboliy, soʻqoʻtra va bir qancha ulik tillar); efiopsom (jonli tillar: tigray, tigre, amxara, argobba; ulik tillar: mine, sabe, kataban, efiop). Keyingi 3 guruh baʼzi adabiyotlarda «janubiy» yoki «jan. gʻarbiy» deb xam ataladi.
Ensiklopediya.uz
SOM TILLARI