SKOTT

SKOTT

SKOTT (Scott) Valter (1771.15.8, Edinburg — 1832.21.9, Abbotsford) — ingliz yozuvchisi, tarixiy roman janrining asoschisi. 1799-y. dan Selkirk grafligida sherif, 1806-y. dan sud kotibi boʻlib ishlagan. Ilk asari — «Ivan oqshomi» (romantik ballada, 1800). Shotland xalq balladalarini toʻplab, 3 j. li «Shotland hududlari qoʻshiklari» toʻplamini (1803) nashr etgan. Skott 9 doston, 26 roman, bir necha qissa hamda adabiytanqidiy va tarixiy asarlar muallifi.

Ensiklopediya.uz
SKOTT