SKLEROZ

SKLEROZ

SKLEROZ (yun. sklerosis — qotish, qattiklashish) — aʼzolar, tomirlar devori va toʻqimalarning spetsifik funksional elementlari (bez hujayralari, muskul tolalari va b.) oʻlib, oʻrnini biriktiruvchi toʻqima egallashi natijasida ularning qattiklashishi. Sklerotik oʻzgarishlarning rivojlanishi shikastlangan aʼzo funksiyasining pasayishiga olib keladi. Yurak muskullari Si (kardioskleroz) yurakning qisqarishini kamaytiradi. Oʻpka toʻqimalari Si (pnevmoskleroz) qonning kislorod bilan toʻyinishi kamayishiga sabab boʻladi. Arteriya tomirlari Si (ateroskleroz) tomirlarda qonning harakat qilishini, shuningdek, kislorod va oziq moddalarning aʼzo va toʻqimalarga yetkazilishini qiyinlashtiradi.

Ensiklopediya.uz
SKLEROZ