REYXSHTEYN

REYXSHTEYN

REYXSHTEYN (Reichstein) Tadeush (1897.20.7, Vloslavsk, Polsha — 1996) — shveysariyalik organikkimyogar. London Qirollik jamiyati aʼzosi. Shveysariyadagi Federal politexnika maktabini tugatgan (1920). Bazel un-ti qoshidagi Farmatsevtika in-ti direktori va farmatsevtik kimyo prof. (1938-y. dan). 1933-y. da vitamin S (askorbin kislotasi)ni sintez qilgan. Ilmiy izlanishlari gormonlar biokimyosi, geterotsiklik moddalar, qand, vitaminlar (askorbin va pantotenat kislotalar), steroidlar, buyrak usti bezi gormonlarining kimyoviy tuzilishi va biologik xossalarini oʻrganishga oid. Nobel mukofoti laureati (1950, F. Sh. Xench va E. K. Kendall bilan hamkorlikda).

Ensiklopediya.uz
REYXSHTEYN