SINEKDOXA

SINEKDOXA

SINEKDOXA (yun. synekdoche — birga nazarda tutmoq, birga oʻylamoq) — metonimiya (majoz)ning koʻrinishlaridan biri; S. da ham maʼno koʻchishi oʻxshashlik, bogʻliklikka asoslansada, bu yerda koʻchish obyektlari oʻrtasidagi mikdoriy belgi yetakchilik qiladi; butun narsaning nomini uning qismi nomi bilan va, aksincha, qism nomini butun narsaning nomi bilan atash, koʻplik sondagi soʻz oʻrniga birlik sondagi soʻzni qoʻllash yoki aksincha ishlatish, baʼzan jinstur munosabatidagi soʻxtarning birbiri oʻrnida qoʻllanishi va b. Mac, «tirnoqqa zor boʻlmoq» iborasida tirnoq (qism) soʻzi bola, farzand (butun) maʼnosida, «besh qoʻl barobar emas» iborasida esa qoʻl (butun) soʻzi barmoq (qism) maʼnosida qoʻllangan; M. Sholoxov oʻz asariga «Inson taqdiri» deb nom qoʻyganda ham alohidalik (inson) oʻrnida umumiylikni (odamlar, butun bir xalq) nazarda tutgan. «Sotuvchi, xaridor bilan xushmuomala boʻl!» koʻrinishidagi shiorlarda ham birlik sondagi sotuvchi va xaridor soʻzlari aslida barcha sotuvchi va xaridorlarni nezarda tutadi. Sinekdoxa badiiy adabiyotda asarning taʼsirchanligi va emotsionalligini oshirishda yoki subyektiv munosabat bildirishda muhim vosita hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
SINEKDOXA