SAYATNOVA

SAYATNOVA

SAYATNOVA (taxallusi; asl ismsharifi Arutyun Sayadyan) (1712 — Tbilisi — 1795) — arman shoiri, oʻrta asr arman dunyoviy adabiyotining yirik vakillaridan biri. Arman, gruzin va ozarbayjon tillarida qoʻshiqlar yozgan. «Sevgingdan betobman», «Kamoncha», «Xohlamayman shunday yashashni», «Bulbulga» va b. bir qancha asarlarida mazlumlarni himoya qilgan, nohaqlikka qarshi kurashgan. Sevgi va muhabbatga toʻla Sayatnova lirikasi ijtimoiylik bilan qamohang boʻlib, xalq hayotiga singib ketgan. Shoir ijodi arman, gruzin va ozarbayjon sheʼriyati taraqqiyotiga kuchli taʼsir etgan.

Ensiklopediya.uz
SAYATNOVA