SARIOSIYO TUMANI
SARIOSIYO TUMANI — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1959-y. dan Denov, 1962-y. dan Uzun tumanlari tarkibida, 1964-y. 22 fev. dan Sariosiyo tumani nomi bilan qaytadan tuzilgan. Jan. sharqsan Uzun, jan. gʻarbdan Boysun, jan. dan Denov, Qumqoʻrgʻon tumanlari, shim. va sharkdan Tojikiston Respublikasi, shim. gʻarb va gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 3,15 ming km2. Aholisi 147,8 ming kishi (2003). Tumanda 1 shaharcha (Sariosiyo), 1 shahar (Shargʻun), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Dashnobod, Navroʻz, Sangardak, Sariosiyo, Soʻfiyon, Toqchiyon, Xufar, Oʻzbekiston) bor. Markazi — Sariosiyo shaharchasi.
Ensiklopediya.uz
SARIOSIYO TUMANI