RUS ALIFBOSI

RUS ALIFBOSI

RUS ALIFBOSI — ruscha nutqning tovush tarkibini ifodalovchi hamda milliy rus tilining yozma va bosma shaklini hosil qiluvchi belgiharflarning izchil qatori. Rus alifbosi asta-sekin qad. slavyan yozuvi kirillitsa (q. Kirill yozuvi)p,j kelib chiqqan. 1918-y. da hoz. koʻrinishga ega boʻlgan. 33 harfdan iborat: ularning 20 tasi undosh tovushlarni (b, p, v, f, d, t, z, s, j, sh, ch, s, щ, g, k, x, m, n, l, r), 10 ta harf unlilarni — a, e, o, ы, i, u sof unlilarni va «y+unli» (ya, ye, yo, yu) birikmalarini ifodalaydi. Y harfi «boʻgʻin hosil qilmaydigan i» ni yoki j undoshini bildirsa, ʼ, — ayrish va yumshatish belgilari alohida tovushni biddirmaydi. Rus alifbosi sobiq SSSRdagi (va hoz. Rossiya Federatsiyasidagi) koʻplab xalqlarning alifbolariga asos boʻlgan (Mas, 1940-y. may oyida kabul kilingan va hozirgacha amalda boʻlgan oʻzbek alifbosi Rus alifbosi asosida, unga muayyan oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan yaratilgan).

Ensiklopediya.uz
RUS ALIFBOSI