REPRESSOR

REPRESSOR

REPRESSOR (lot. repressor — cheklovchi, toʻxtatib turuvchi) — operondagi genlar transkripsiyasini, hujayrada fermentlar taʼsirini toʻxtatadigan regulyator oqsil. Natijada tegishli boʻlishi toʻxtaydi. Repressor regulyator gen nazorati ostida har bir hujayrada 10 — 20 ta molekuladan, faol, yaʼni operator b-n bevosita bogʻlanish imkoniyatiga ega boʻlgan yoki nofaol holatda sintezlanadi. Faol Repressorning xrsil boʻlishi indutsital (hujayraga maxsus past molekulali moddalar — induktorlar tushganida sintezlanadigan) fermentlar uchun xos. Induktor R. ga bogʻlanganida Repressorning faolligi kamayishi tufayli tegishli fermentning sintezi boshlanadi (induksiya). Nofaol Repressorlar (aporepressorlar) hosil boʻlishi esa repressobel fermentlar uchun xos. Aporepressor hujayraga past molekulali moddalar (korrepressorlar) tushib qolganida faollashadi. Bunda operon kodlaydigan ferment sintezi toʻxtaydi (repressiya). Odatda, indikator b-n korepressor birgalikda bitta umumiy termin — effektor deb ataladi.

Ensiklopediya.uz
REPRESSOR