SUNDAN TILI

SUNDAN TILI

SUNDAN TILI — avstronez tillaridan biri, Indoneziyaning Gʻarbiy Yava viloyatida, Sumatra o. jan. da tarqalgan; soʻzlashuvchilarning umumiy soni 21 mln. kishidan ortiq. Asosiy lahjalari: badu (eng qad.), banten, bogorkravang, chianjur, kuningan, chirebon hamda adabiy tilga asos boʻlgan Bandung sh. shevasi. Oʻziga xos fonetik, morfologik va sintaktik xususiyatlari bor. Leksikasida onomatopoetik (tasviriy) soʻzlar anchagina; unga avvalo sanskritdan, keyinchalik arab, yava, indonez va niderland tillaridan koʻplab soʻzlar oʻzlashgan.

Ensiklopediya.uz
SUNDAN TILI