SUKRE

SUKRE

SUKRE (Sucre), Antonio Xose de (1795. 3.11 — 1830.4.6) — Amerikadagi ispan mustamlakalarida mustaqillik urushi rahbarlaridan biri. Bolivarning eng yaqin safdoshi, general, (1818), marshal (1824). 1810-y. Venesuelada ispanlarga karshi kurash ga rahbarlik kilgan Miranda armiyasiga kirgan. Ekvadorga qilingan ozodlik yurishiga bosh boʻlgan. 1822-y. Pichinchi jangida ispanlar qoʻshinini yenggan. 1824-y. 9 dekda Peruga kilingan ozodlik yurishi chogʻida Ayakuchcho yonidagi hal qiluvchi jangda yengib 1825-y. 7 fev. da LaPasga kirgan. Yuqori Peru hududida 1825-y. 6 avg. da eʼlon qilingan Boliviya Respublikasini barpo etilishida muhim roloʻynagan. 1826-y. 19 apr. dan uning muvaqqat prezidenta. 1828-y. 4-mayda bolivarchilarga qarshi koʻtarilgan isyon natijasida mamlakatni tark etgan. 1829-y. 26 fev. da Xiron yaqinida Buyuk Kolumbiya hududiga bostirib kirgan perulik qoʻshinlar ustidan zafar quchgan. 1830-y. — Buyuk Kolumbiya milliy konfessi prezidenti. Fitnachilar tomonidan oʻldirilgan. Boliviyaning jan. dagi shahar, Venesuelaning shim. sharqidagi shtat, Ekvadordagi pul birligi S sharafiga qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
SUKRE