SPIN

SPIN

SPIN (ing. spin — aylanmoq) — kvant tabiatga ega boʻlgan elementar zarralar impulsining xususiy momenti. Elementar zarralarning xususiy magnit momenti Spin magnit momenti deb ataladi. Atom yadrosi (va baʼzan atom) harakat miqdorining xususiy momenti xam Spin deb ataladi. «Spin» tushunchasini 1925-y. da amerikalik fiziklar J. Ulenbek va Spin Proton Gaudsmitlar kiritgan. «Spin» terminining qoʻllanilishiga sabab, dastlab elektronni oʻz oʻqi atrofida ailanuvchi zaryadlangan sharcha deb tasavvur kilingan. Impulsning xususiy momenti va xususiy magnit momenti ana shu harakat tufayli mavjud, deb hisoblangan. Zarralar Spini shu zarralar boʻysunadigan statistika bilan bir qiymatli bogʻlangan. Kvant mexanikada «Spin» toʻgʻrisidagi tushunchalar V. Pauliga tegishli. Pauli koʻrsatganidek (1940) maydonining kvant nazariyasiga asosan butun Sli zarralar BozeEynshteyn statistikasita (bozonlar), yarimbutun Slilar esa FermiDirak statistikasiga (fermionlar) boʻysunadi. Fermionlar, mas, elektronlar uchun Pauli prinsipi toʻgʻri, bozonlar uchun esa oʻrinsizdir.

Ensiklopediya.uz
SPIN