STATISTIK FIZIKA

STATISTIK FIZIKA

STATISTIK FIZIKA — nazariy fizika boʻlimi. Juda kup mikdordagi bir xil zarralar (molekula, atom, elektron va b.)dan tashkil topgan makroskopik jismlar, yaʼni tizimlar xossalarini alohida zarralar xossalari va ularning oʻzaro taʼsirlariga asoslanib oʻrganadi. Agar tizim soni cheklangan molekulalardan tashkil topgan boʻlsa, klassik mexanika qonuniyatlaridan foydalanib tizimdagi fizik hodisalarni oʻrganish mumkin. Buning uchun molekulalarning boshlangʻich vaqtda fazodagi oʻrni, tezligi va ular orasidagi oʻzaro taʼsir kuchlarining xarakteri maʼlum boʻlsa, har bir molekula uchun harakat tenglamasini tuzish, keyingi istalgan vaqtda hamma molekulalarning fazodagi urinlarini, tezliklarini aniklash mumkin. Bu maʼlumotlar, oʻz navbatida, turli fizik kattaliklarni, mas, molekulalarning idish devoriga koʻrsatayotgan bosimini va b. fizik kattaliklarni hisoblashga imkon beradi. Mas, tra 0° va bosim 1 atm boʻlgan sharoitda, 1 sm3 hajmdagi gaz molekulalarining soni taxm. 2,7Yu19 dona boʻladi. Bunday koʻp sonli molekulalarning harakat tenglamalarini yechish, molekulalarning biror vaqtda fazodagi oʻrni va tezliklarini aniklash mumkin emas. Ikkinchi tomondan kup sonli zarralardan tashkil topgan tizimda aloxida zarralarga xos boʻlmagan yangi xususiyatlar yuzaga keladi. Mas, muayyan muvozanatda turgan gazning fizik xossalari har bir molekulaning boshlangʻich vaqtdagi holati, tezligi, yoʻnalishi va b. ga bogʻliq boʻlmay qoladi.

Ensiklopediya.uz
STATISTIK FIZIKA