Saturn
Saturn
Saturn quyosh tizimidagi sayyoralar ichida kattaligi bo‘yicha ikkinchi, quyoshdan uzoqlashish tartibida oltinchi sayyora bo‘lib, Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqish davri 29.46 yil ni tashkil qiladi. Bu sayyora, quyosh tizimidagi qurollanmagan ko‘z bilan ham ko‘rib bo‘ladigan 5 ta sayyoraning biri bo‘lib, uning ko‘rinadigan yulduz kattaligi birinchi yulduz kattaligidan ham yorqinroqdir. Garchi ekvatorial diametri Yupiternikidan ozgina kichik bo‘lsa hamki, massasiga ko‘ra Yupiterdan ancha far qiladi — deyarli uch barobar. o‘rtacha zichligi juda kichik — 0.7 gr/sm3. Kichik zichlik shu bilan izohlanadiki, bu gigant sayyora asosan vodorod va geliydan tashkil topgan bo‘lib gaz gigantlari turkumiga kiradi. Lekin uning sirtidagi bosim ham Yupiterdagidek katta emas. Saturnning ekvatorial radiusi 60300 km, qut radiusi esa 54400 km ni tashkil qiladi. Uning massasi Yernikidan deyarli 95 marta katta, lekin uning o‘rtacha zichligi esa, 0.69 g/sm3 bo‘lib, quyosh tizimi sayyoralari ichidagi, o‘rtacha zichligi, suvning o‘rtacha zichligidan kichik bo’lgan yagona sayyoradir. Sirtidagi erkin tushish tezlanishi 10.44 m/soniya2. Saturn quyosh atrofida 29.5 yilda bir marta to‘liq aylanib chiqadi. Undan quyoshgacha bo’lgan masofa 1430 million km, yoki, 9.58 a.b. ni tashkil qiladi. Orbita bo‘ylab aylanish tezligi 9.69 km/soniya.
Spektral tahlil yordamida Saturn atmosferasida bir necha xil molekulalar aniqlandi. Saturn bulutlari aftidan sayyoradagi eng qattiq jismlar bo‘lsa kerak. Saturnagi atmosferada metan gazi erish haroratiga yaqin –184 ºC sharoitda bo‘ladi. Saturn atmosferasi 96,3 % vodorod va 3,25 % geliydan iborat. Bundan tashqari etan, fosfen, ammiak va boshqa gazlarning aralashmalari aniqlangan. Saturn atmosferasining yuqori qatlamlari kuchli ammiak bulutlaridan iborat. Quyi atmosfera qatlamlarida esa ammoniy gidrosulfid (NH4SH) bulutlari aniqlangan. Saturn atmosferasida tezligi 500 m/soniyagacha yetadigan kuchli dovullar esishi qayd etilgan. Saturnda ham Yupiterdagidek o‘ziga xos, ko‘zga darhol tashlanadigan tashqi dog‘lar kuzatiladi. Ulardan biri ulkan oq oval har 30 yilda bir marta paydo bo‘ladi.
Saturnda ham magnitosfera mavjud ekanligini ilk marta 1979-yilda «Pioner-11» fazoviy apparati orqali kashf etilgan edi. Saturn magnit maydoni va quyosh shamoli uchrashadigan chegara Saturndan 20 radius masofada joylashgan.
Teleskop orqali kuzatilganda dastlab ko‘zga tashlanadigan yaqqol manzara Saturn ekvatori bo‘ylab uni o‘rab turgan halqa bo‘lib, undan tashqari, xiraroq rangdor dog‘larni ham ko‘rish mumkin. Saturn halqasini 1610-yilda Galileo Galiley kashf qilgan edi. Bu Quyosh tizimidagi eng hayratlanarli hodisalardan biri bo‘lib, halqa Saturnni butun ekvator tekisligi bo‘yicha qurshab olgan va sayyora sirtiga umuman yaqin kelmaydi. Saturn halqasi, oraliqlarini fazo bo‘shlig‘i ajratib turuvchi bir necha konsentrik halqalardan iborat. Ularni lotin alifbosidagi harflar bilan belgilanadi. Sayyora sirtidan eng chetki bo‘lgan tashqi — A halqa, ikkinchi va eng yorqin B halqa, ichki halqa — C, hamda, Saturn sirtiga eng yaqini, va undan alohida holatda ko‘rish mushkul bo‘lgan D halqalardan iborat. Shuningdek, deyarli shaffof bo‘lgan D halqa ham aniqlangan. Saturnning barcha halqalari sayyora atrofida aylanadi. Ichki halqalar tashqi halqalardan ko‘ra kattaroq tezlik bilan aylanishi ma’lum. Halqalar tekisligi Saturn ekvatori tekisligiga nisbatan deyarli mos keladi va orbita tekisligiga esa 27º burchak ostida og‘ish bilan, doimiy ravishda sayyora gravitatsiyasi ta’sirida turadi va ular asosan 1-3 sm o‘lchamdagi son sanoqsiz mayda tabiiy yo‘ldoshlardir. Zamonaviy ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, halqalarning kengligi 3.5 km atrofida. Halqalarning umumiy tashqi diametri 275000 kilometrni tashkil qiladi.
Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari mavjudligi haqida 1609-yilda dastlabki bo‘lib uni teleskop orqali kuzatgan Galileo Galiley fikr yuritgan edi. Uning kuzatishlarida Saturn yagona yaxlit osmon jismi emas, balki o‘zaro tutashgan jismlardek taassurot uyg‘otganini yozadi. Lekin Galileyning o‘zi Saturnning yo‘ldoshlarini topa olmadi. 1659-yilda Xristian Gyugens yanada kuchliroq teleskop yordamida, Galiley kuzatgan hodisa aslida Saturnning halqalari ekanligini aniqlaydi. Shu yilning o‘zida u Saturnning eng yirik tabiiy yo‘ldoshi — titanni ham kashf etdi. 1675-yildan boshlab Kassini ham Saturnni jiddiy o‘rganishga kirishdi. U Saturn halqasi yaxlit bo‘lmay, balki o‘zaro bir-biridan aniq ajralib turuvchi alohida halqalardan iborat ekanligini aniqladi. Shuningdek Kassini Yapet, Tefiya, Diona va Reya tabiiy yo‘ldoshlarini kashf qildi. 1789-yilda U.Gershel Saturnning yana ikkita tabiiy yo‘ldoshini aniqladi — Mimas va Enselad. Keyinchalik Britaniyalik bir guruh olimlar tomonidan Giperion kashf etildi. 1899 yilda esa, Uilyam Pikering yana bir tabiiy yo‘ldosh — Febani kashf qildi. Febaning o‘ziga xosligi shunda ediki, u Saturn bo‘ylab, sinxron aylanmasdan balki 500 kundan ziyod muddatda, teskari yo‘nalishda harakatlanadi. 1944-yilda Jerard Koyper Saturnning tabiiy yo‘ldoshi — Titanda atmosfera mavjudligini aniqladi. Bu Quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar orasida atmosferaga ega bo’lgan yagona va noyob yo‘ldosh hisoblanadi. XX-asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida Saturnga yetib borgan kosmik apparatlar yordamida ushbu gaz gigantining yana bir necha o‘nlab tabiiy yo‘ldoshlari aniqlandi. 2009-yilda sayyoraga eng yaqin tabiiy yo‘ldosh, diametri 300 metrlik S/2009 S-1, halqaga tashlagan soyasi orqali sezib qolindi. 2013-yilda Saturnning hozircha so‘nggi tabiiy yo‘ldoshi — Egeon tasnifga kiritildi. U 2008 yilda «Kassini» fazoviy apparatini tomonidan G halqasini o‘rganish vaqtida kashf etilgan edi. Keyinchalik uni ancha avvalgi tasvirlarda ham mavjud bo‘lib, faqat nazardan chetda qolganligi qayd etildi. Hozirgi kunda Saturnning jami 82 ta tabiiy yo‘ldoshi ma’lum.
Saturnning tabiiy yo‘ldoshlari:
№ |
Tabiiy yo‘ldosh nomi |
Sayyora sirtidan o‘rtacha uzoqligi |
Aylanish davri (kun) |
Diamteri yoki o‘lchamlari (km) |
Ochilgan yili |
Kashf etgan olim |
1 |
Mimas |
185600 |
0.94 |
500 |
1789 |
U. Gershel |
2 |
Enselad |
238100 |
1.37 |
600 |
1789 |
U. Gershel |
3 |
Tetis (Tefiya) |
294700 |
1.89 |
1000 |
1684 |
J. Kassini |
4 |
Diona |
377400 |
2.74 |
800 |
1684 |
J. Kassini |
5 |
Reya |
527100 |
4.52 |
1500 |
1672 |
J. Kassini |
6 |
Titan |
1221900 |
15.95 |
5500 |
1655 |
X. Gyugens |
7 |
Giperion |
1464100 |
21.28 |
400 |
1848 |
J. Bond |
8 |
Yapet |
3560800 |
79.33 |
1500 |
1671 |
J. Kassini |
9 |
Feba |
12944100 |
550.4* |
300 |
1899 |
U. Pikering |
10 |
Yanus |
151500 |
0.75 |
350 |
1966 |
O. Dolfyus |
11 |
Atlas |
137670 |
0.6 |
49 |
1980 |
R. Terril |
12 |
Prometey |
139400 |
0.61 |
140 |
1980 |
Kollins |
13 |
Pandorra |
141700 |
0.63 |
110 |
1980 |
Kollins |
14 |
Epimetey |
151430 |
0.69 |
140 |
1980 |
Fauten |
15 |
Telesto |
294660 |
1.89 |
24 |
1980 |
Rentsema |
16 |
Kallipso |
294700 |
1.89 |
30 |
1980 |
Paku |
17 |
Yelena |
377400 |
2.74 |
36 |
1980 |
J. Lekasho |
18 |
Pan |
133600 |
0.57 |
20 |
1990 |
|
19 |
Imir |
23040000 |
1315.4 |
18 |
2000 |
|
20 |
Piliak |
15200000 |
686.9 |
22 |
2000 |
|
21 |
Tarvos |
17983000 |
926.2 |
15 |
2000 |
|
22 |
Idjirak |
11124000 |
451.4 |
12 |
2000 |
|
23 |
Suttung |
19459000 |
1017 |
7 |
2000 |
|
24 |
Kiviok |
11111000 |
449.2 |
16 |
2000 |
|
25 |
Mundilfari |
18685000 |
952.6 |
7 |
2000 |
|
26 |
Albioriks |
16182000 |
738.5 |
32 |
2000 |
|
27 |
Skadi |
15541000 |
728.2 |
8 |
2000 |
|
28 |
Erripo |
17343000 |
871.2 |
10 |
2000 |
|
29 |
Siarnak |
17531000 |
895.6 |
40 |
2000 |
|
30 |
Tryum |
20474000 |
1094 |
7 |
2000 |
|
31 |
Narvi |
19007000 |
1004 |
7 |
2003 |
|
32 |
Metona |
194000 |
1.010 |
3 |
2004 |
|
33 |
Pallena |
211000 |
1.140 |
4 |
2004 |
|
34 |
Polidevk |
377400 |
2.740 |
4 |
2004 |
|
35 |
Dafnis |
136500 |
0.594 |
7 |
2005 |
|
36 |
Egir |
20735000 |
1116.5 |
6 |
2004 |
|
37 |
Befind |
17119000 |
834.8 |
6 |
2004 |
|
38 |
Bergelmir |
19338000 |
1006 |
6 |
2004 |
|
39 |
Bestla |
20129000 |
1084 |
7 |
2004 |
|
40 |
Farbauti |
20390000 |
1086 |
5 |
2004 |
|
41 |
Fenrir |
22453000 |
1260 |
4 |
2004 |
|
42 |
Fornot |
25108000 |
1490.9 |
6 |
2004 |
|
43 |
Xati |
19856000 |
1039 |
6 |
2004 |
|
44 |
Girokkin |
18437000 |
932 |
8 |
2006 |
|
45 |
Kari |
22118000 |
1233.6 |
7 |
2006 |
|
46 |
Logi |
23065000 |
1312.0 |
6 |
2006 |
|
47 |
Skoll |
17665000 |
878.3 |
6 |
2006 |
|
48 |
Surt |
22707000 |
1297.7 |
6 |
2006 |
|
49 |
Anfa |
197700 |
1.037 |
2 |
2007 |
|
50 |
Yarnaksa |
18600000 |
942 |
6 |
2006 |
|
51 |
Greyp |
18105000 |
905 |
6 |
2006 |
|
52 |
Tarkek |
17920000 |
895 |
7 |
2007 |
|
53 |
Egeon |
167500 |
0.80812 |
0.5 |
2008 |
|
54 |
S/2004 S 7 |
19800000 |
1103 |
6 |
2005 |
|
55 |
S/2004 S 12 |
19650000 |
1048 |
5 |
2005 |
|
56 |
S/2004 S 13 |
18450000 |
906 |
6 |
2005 |
|
57 |
S/2004 S 17 |
18600000 |
986 |
4 |
2005 |
|
58 |
S/2006 S 1 |
18981000 |
970 |
6 |
2005 |
|
59 |
S/2006 S 3 |
21132000 |
1142 |
6 |
2006 |
|
60 |
S/2007 S 2 |
16560000 |
800 |
6 |
2007 |
|
61 |
S/2007 S 3 |
20518500 |
1100 |
5 |
2007 |
|
62 |
S/2009 S 1 |
117000 |
|
0.3 |
2009 |
|
Saturnning orbital ko‘rsatkichlari |
|
Perigeliy |
1 353 572956 km; 9,048 a.b. |
Afeliy |
1 513 325 783 km; 10,116 a.b. |
Katta yarim o‘q (α) |
1 433 449370 km; 9,582 a.b. |
Orbita ekstsentrisiteti (e) |
0,055 723 219; |
Siderik aylanish davri |
10 759,22 kun; 29.46 yil. |
Sinodik aylanish davri |
378,09 kun; |
Orbital tezligi (v) |
9.69 km/soniya |
Peritsentr argumenti |
336,013 862 |
Og‘ishi |
2,485 240 |
Yo‘ldoshlari |
62 |
Saturnning fizik ko‘rsatkichlari |
|
Ekvatorial radiusi |
60 268 ± 4 km; |
Qutb radiusi |
54 364 ± 10 km; |
Sirt yuzasi (S) |
4,27·1010 km2 ; |
Hajmi (V) |
8,2713·1014 km; |
Massasi (m) |
5,6846·1026 kg; 95 yer massasi |
o‘rtacha zichligi (ρ) |
0.687 g/sm3; |
Ekvatoridagi erkin tushish tezligi (g) |
10.44 m/soniya2; |
o‘qining og‘ish burchagi |
26.73 |
Albedo |
0,342 bond; 0,47 geometrik albedo |
Ekvatorial aylanish tezligi |
9.87 km/soat |
Sirtidagi ikkinchi kosmik tezlik |
35.5 km/soniya; |
Ko‘rinadigan yulduz kattaligi |
+1.47 dan ?0.24 gacha |
Sirtidagi harorat |
1 bar sathda 134 K 0.1 bar sathda 84 K |
Saturn atmosferasi tarkibi: |
|
Vodorod (H2) |
~96 % |
Geliy (He) |
~3 % |
Metan (CH4) |
~0,4 % |
Ammiak (NH3) |
~0,01 % |
Vodorod deyterid (HD) |
~0,01 % |
Etan |
0,000 7 % |
Shuningdek muzlagan holatdagi, ammoniy, suv, ammoniy gidrosulfidi (NH4SH) aniqlangan. |
* Boshqalarga nisbatan teskari yo‘nalishda aylanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Astronomiya
SATURN
Manba:orbita.uz