SARDOB NEFT-GAZ KONDENSAT KONI

SARDOB NEFT-GAZ KONDENSAT KONI

SARDOB NEFT-GAZ KONDENSAT KONIQashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi kon, Koravulbozor t. y. stansiyasidan 65 km jan. sharqda. 1979-y. da ochilgan. 1985-y. dan foydalanishga topshirilgan. Kon 290 — 310 m balandlikdagi tekis choʻlda, Chorjoʻy tektonik pogʻonasining markaziy qismidagi Dengizkoʻl koʻtarilmasida joylashgan. Paleogen yotqiziqlarining tuzilishiga koʻra, Sardob strukturasi monoklinaldan iborat, Oʻrtabuloq antiklinalining jan. sharqiy yoʻnalishidagi botiqlikka mos keladi. Sardob burmasi yuqori yura karbonatli yotqiziqlarning shipi boʻylab umumiy strukturaviy koʻtarilmada joylashgan, qanotlari asimmetrik tuzilgan antiklinaldan iborat. Burma oʻlchami «2420 m» berk izogips chizigʻi boʻyicha 4×2 km, balandligi 120 m.

Ensiklopediya.uz
SARDOB NEFT-GAZ KONDENSAT KONI