SURXONDARYO
SURXONDARYO — Surxondaryo viloyatidagi dare, Amudaryoning oxirgi oʻng irmogʻi. Qorovultepa qishlogʻidan bir oz yuqoriroqda Toʻpolondaryo bilan Qoratogʻdaryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Boysun va Bobotogʻ tizmalari oraligʻidan jan. gʻarb tomon oqib borib, Termiz sh. yonida Amudaryoga quyiladi. Uz. 175 km (Toʻpolondaryoning boshlanish joyidan esa 297 km), havzasining mayd. 13500 km2, togʻli qismi 8230 km2. S. havzasi shim. da Hisor togʻ tizmasi, gʻarb va jan. gʻarbda Boysun togʻlari va sharqda Bobotogʻ bilan chegaralangan, jan. da esa Amudaryo vodiysi bilan qoʻshilib ketgan. Eng yirik va sersuv irmoqlari Hisor togʻ tizmasidan boshlanadi. Suv sarfi oʻrtacha 120 m3/ sek., yillik suv hajmi 3,8 mlrd. m3, shuning 2,7 mlrd. m3 (yoki 70%) Hisor tizmasi yon bagʻirlarida hosil boʻladi. Surxondaryoning yirik irmoqlari — Toʻpolondaryo bilan Qoratogʻdaryo ham Hisor tizmasidan oqib tushadi. Surxondaryoga yirik irmoklardan yana Sangardakdaryo bilan Xoʻjaipok daryolari qoʻshiladi. Bir qancha mayda irmoklaridan tashqari yozda deyarli qurib qoladigan soy va jilgʻalar ham bor. Ulardan eng yiriklari Vaxshivordaryo (24 km), Konikon (32 km), Oqqopchigʻay (61 km), Okjarsoy (51 km) va Boysun (82 km) soylaridir.
Ensiklopediya.uz
SURXONDARYO