SURIYA
SURIYA, Suriya Arab Respublikasi (Al-Jumhuriya al-Arabiya as-Suriya) — Jan. Gʻarbiy Osiyodagi davlat. Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan. Mayd. 185,2 ming km2. Aholisi 17,2 mln. kishi (2002). Poytaxti — Damashq sh. Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi.
Ensiklopediya.uz
SURIYA