STERILIZATSIYA

STERILIZATSIYA

STERILIZATSIYA (lot. sterilis — toza, bepusht) , sterillash — 1) (tibbiyot va biologiyada) — turli moddalar, xirurgiya asboblari, boglov materiallari, oziqovqat mahsulotlari va b. ni mikroorganizmlardan butunlay tozalash. Tibbiyotda aseptikaning muhim usullaridan. Sterilizatsiya fizik va kimyoviy usullar yordamida amalga oshiriladi. Fizik usullarga termik (issiqlik) va nur bilan Sterilizatsiya qilish kiradi. Kimyoviy Sterilizatsiya sovuq Sterilizatsiya deb ham yuritiladi, bunda sunʼiy materiallar yoki issiqlikka chidamsiz asboblar mikroblarni oʻddirish taʼsiriga ega boʻlgan kimyoviy moddalar yordamida Sterilizatsiya qilinadi.

Ensiklopediya.uz
STERILIZATSIYA