SPERMATOFOR

SPERMATOFOR

SPERMATOFOR (sperma va yun. Phoros — olib yuruvchi) — spermatozoidlar bilan toʻlgan kapsula; spermatozoidlarni saklaydi va qurib qolishdan himoya qiladi. Spermatofor ayrim mollyuskalar, zuluklar, pogonoforalar, suvda va quruqliqda yashovchilar, koʻpchilik boʻgʻimoyoklilar uchun xos. Qisqichbaqasimonlar, oʻrgimchaksimonlar va hasharotlar S. ni oyoklari yoki paypaslagichlari yordamida jinsiy yoʻliga kiritadi. Ayrim osminoglarda Spermatofor bilan toʻlgan paypaslagich — gektokotil erkagi tanasidan ajralib suzib yuradi; urgʻochisini topsa, uning mantiya boʻshligʻiga kirib oladi. Triton va salamandralar Spermatoforni biror narsaga yopishtirib qoʻyadi; urgʻochisi uni kloakasi bilan oladi. Ayrim xasharotlarning erkagi Spermatoforni urgʻochisi qorin qismiga yopishtirib qoʻyadi. Spermatofor yordamida urugʻlanish suvda urugʻlanish bilan quruqlikdagi kuyikish oʻrtasida oraliq holatni egallaydi.

Ensiklopediya.uz
SPERMATOFOR