SOXTA SIMQURTLAR

SOXTA SIMQURTLAR

SOXTA SIMQURTLAR — qoraqoʻngʻizlar va changxoʻrlar oilasiga mansub qoʻngʻizlar lichinkasining umumiy nomi. Ular simqurtlar bilan birgalikda tuproqda yashaydigan zararkunanda hasharotlarning katta guruhini tashkil etadi. Ularni qirsildoq qoʻngʻizlar lichinkasi — haqiqiy simqurtlardan farklash uchun Soxta simqurtlar deb atalgan. Sugʻorma dehqonchilik mintaqasida Sedan makkajoʻxori, dasht hamda qumloq sustkashlari, uzun tumshuqli qoraqoʻngʻiz va b. uchraydi (yana q. Dasht sustkashi, Makkajoʻxori zararkunandalari).

Ensiklopediya.uz
SOXTA SIMQURTLAR