SOMALI

SOMALI

SOMALI, somali tili — somhom tillarm oilasining kushit tillari sharqiy guruhiga mansub va Somalida, Jibuti jan. da, Efiopiya sharqida va Keniyaning shim. sharkida tarqalgan; arab tili bilan birga Somali Demokratik Respublikasining rasmiy tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 9 mln. kishiga yaqin. Asosiy laxjalari: isaak, issa, darod, dagil, xaviya va b. S. t. da choʻzikligi va hosil boʻlish oʻrniga koʻra farqlanuvchi 20 ta unli bor, unlilar garmoniyasi mavjud; soʻz urgʻusi erkin. Morfologiyasida otlar 2 jins kategoriyasiga ega, 4 kelishik boʻyicha oʻzgaradi. Suffiksatsiya va soʻz qoʻshish asosiy soʻz yasovchi vositalaridandir. Lugʻat tarkibida koʻplab arabiy oʻzlashmalar uchraydi. Somali uchun 1973-y. dan lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy qilingan.

Ensiklopediya.uz
SOMALI