SIQILISH VA CHOʻZILISH

SIQILISH VA CHOʻZILISH

SIQILISH VA CHOʻZILISH (materiallar qarshiligida) — boʻylama (siquvchi va choʻzuvchi) kuchlar taʼsirida sterjen (toʻsin)ning deformatsiyalanishi (q. Deformatsiya). S. va ch. da sterjenning d/ ga qisqarishi (yoki uzayishi) koʻndalang oʻlchamlariga uncha taʼsir qilmaydi. Sterjenning koʻndalang (oʻqiga tik) kesimlarida fakat normal kuchlanishlar o paydo boʻladi. Oddiy (oʻq boʻylab) Siqilish va choʻzilish va ch. da bu kuchlanishlar sterjen kesimida tekis taqsimlanadi: a = u (R — boʻylama kuch, Gʻ — koʻndalang kesim). S. va ch. materiallarning muhim mexanik xossalari boʻlib, xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida (mahsulotlar tayyorlash, bino va inshootlar, koʻpriklar qurish, mashina va stanoklar yasash uchun materiallar tanlashda) albatta hisobga olinadi.

Ensiklopediya.uz
SIQILISH VA CHOʻZILISH