SELIGER
SELIGER — RF Tver va Novgorod viloyatlaridagi koʻl. Valday qirlarining shim. sharkida, 205 m balandlikda. Mayd. 212 km2. Oʻrtacha chuq. 5,8 m, eng chuqur joyi 24 m. Uzunligi shim. dan janubga 100 km. Birbiriga irmok/iap orqali qoʻshilgan bir necha alohida qismdan iborat. Qirgʻoqlari egribugri. Shim. qismida 160 ga yaqin orol bor. Noyab. — dek. da muzlab, apr. —mayda muzdan boʻshaydi. Koʻlga 110 ta daryo quyiladi: asosiylari: Cheryomuxa, Krapivenga, Sorocha, Momenga. Koʻddan Selijarovka daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan Seligerning shim. sohilida Ostashkov sh. joylashgan.
Ensiklopediya.uz
SELIGER