REVALVATSIYA

REVALVATSIYA

REVALVATSIYA (re… va lot. valeo — qadr-qimmatga egaman) —1) milliy valyutapul birligi kursini boshqa mamlakatlar yoki xalqaro valyutapul birliklariga nisbatan rasmiy oshirish. Inflyatsiya bartaraf etilganidan keyin ichki pul muomalasini barqarorlashtirish usullaridan biri. Iqtisodiyotga devalvatsiyam nisbatan aksincha taʼsir koʻrsatadi. Muayyan bir mamlakat valyuta kursini boshqa mamlakatlar valyutalariga nisbatan koʻtarish eksport qilinayotgan tovarlarning chet el valyutasidagi narxini oshiradi va bu bilan xalqaro bozorda mamlakatning raqobat qilish qobiliyatini pasaytiradi, tovarlar eksportiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Revalvatsiyani oʻtkazayotgan mamlakat uchun Revalvatsiya chet el valyutasini arzonroq sotib olish imkoniyatini yaratadi, bu esa tovarlar importyorlari va kapital eksportyorlari manfaatlariga muvofiq keladi;

Ensiklopediya.uz
REVALVATSIYA