SAHOBIDDINOV Siroj Sahobiddinovich
SAHOBIDDINOV Siroj Sahobiddinovich (1906 — Toshkent — 1994) — botanik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), prof. (1958). Leningrad un-tini tugatgan (1932). Oʻrta Osiyo un-ti biologiya fti assistenta (1932—36), dotsenti (1936-y. dan). Oʻzbekistonning oʻsimlik boyliklarini qidiruv ekspeditsiyasi boshligʻi (1932—49), Andijon oʻqituvchilar in-ti tabiiyot kafedrasi mudiri (1940—46), Oʻzbekiston FA Botanika in-tida katta ilmiy xodim (1946—50), Fargʻona pedagogika in-ti botanika kafedrasi mudiri (1950 — 1984). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo yovvoyi dorivor oʻsimlari hamda oʻsimliklar sistematikasiga oid. Botanika germinlarini ilmiy asosda ishlab chiqishga muayyan hissa qoʻshgan.
Ensiklopediya.uz
SAHOBIDDINOV Siroj Sahobiddinovich