RANG-TASVIR

RANG-TASVIR

RANG-TASVIRtasviriy sanʼat turi; biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, Mas, boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. R. voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish; tomoshabin fikri va tuygʻulariga taʼsir etishning muhim vositasi; muhim ijtimoiy mazmun va rang-barang gʻoyaviy vazifalarga ega. Rang-tasvir asarining goyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida mujassamlashadi, syujetni rassom R. ning ifoda vositalari (kompozitsiya, racm, rang, ritm va h. k.) orqali roʻyobga chiqaradi. P. acaplari asos (maxsus ishlov berilgan mato, yogʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va h. k.), rang qatlami (moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel, rangli shisha, rangli tosh va h. k.), ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat boʻladi. Rang-tasvirning muhim tasviriy va taʼsir vositasi — rang (kolorit). Rang orqali rassom borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini koʻrsatishi, harakat, inson ruhiyatidagi oʻzgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, oʻyxayollarni aks ettirishi mumkin. Rang-tasvirning tasviriy ifoda vositasi va ishlash uslubi ishlatiladigan rang, qurollar xususiyati, rang eritgichlari, asosi (funt)ga bogʻliq (Mas, yuzasi silliq yoki gʻadirbudir berilishiga qarab asar koʻrinishi turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin). Asar dastlab ijodkor tasavvuri va ongida paydo boʻlgan gʻoya qoralamasi tarzida kalam yoki koʻmirqalamda biror yuza (koʻpincha qogʻoz va karton)da ishlab olinadi. Soʻng shunga mos asos tanlanib, unga bajariladigan ishning mohiyatiga koʻra ishlov beriladi. Shundan soʻng tasvir oʻrni belgilab rasmi ishlanadi. Rang berishda esa asta suyultirilgan rang bilan boshlab koʻp qatlamli (lessirovka) yoki kerak rangni bir qoʻyishda bir katlamli (alla prima) bajarish mumkin. Rang-tasvir asarlari ishlanishini shartli ikki — yassi va hajmli — fazoviy uslubga ajratish mumkin: birinchi uslubda tasvir nursoyasiz yaxlit yassi shakllarda ishlanadi, hajmlifazoviy usudda esa tasvir hajmli nursoya yordamida muhit bilan bogʻliq hodda tasvirlanadi. Bunday asarlar rangga boy boʻlib, unda ranglarning barcha tuslanishlarini his etish, tushuvchi nurning qaytgan rangini ham, qaytgan nurlarning tuslanishi va boshqa ranglar bilan boyishi (refleks)ni koʻrish mumkin. Rang-tasvir asarlarida bu ikki uslub orasida qatiy chegara yoʻq, biri ikkinchisini toʻddiradi. Rang-tasvir asarlari oʻzining ishlanish oʻrni, mazmuni, bajaradigan vazifasi, ishlanish uslubi va koʻrinishiga qarab monumental (monumental sanat, monumental rangtasvir), bezak (bezak sanʼati, bezash sanʼati), dastgoh sanʼati, dekoratsiya (teatr va kino dekoratsiyasi), miniatyura va b. ga boʻlinadi. Tasvir mavzui va mazmun yoʻnalishiga qarab bir qator janrlarga ajraladi: animalistika, tarixiy janr, maishiy janr, batalʼ janri, portret, manzara, natyurmort va b.

Ensiklopediya.uz
RANG-TASVIR