SARIOSIYO

SARIOSIYO

SARIOSIYOSurxondaryo viloyatidagi shaharcha. Sariosiyo tumani maʼmuriy markazi. Yaqin t. y. stansiyasi Sariosiyo (7 km). Aholisi 14,3 ming kishi (2000). Xoʻjaliklari va aholisi Toʻpolondaryodan suv oladi. Shaharcha yonida Toʻpolon suv ombori bor. Mahalliy toponimistlarning fikricha, tuman nomi «cap—bosh va osiyo — tegirmon, yaʼni «tegirmon boshi» maʼnosini anglatadi. Sariosiyoda sanoat, transport, aloqa korxonalari, dehqon bozori, savdo madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.

Ensiklopediya.uz
SARIOSIYO