RADIATSIYA
RADIATSIYA (lot. radiatio — nurlanish) — yadroviy oʻzgarishlar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlar, Quyosh nurlanishi, kosmik nurlar oqimlari. Radiatsiyaning tirik organizmga taʼsiri Radiatsiya dozasi bilan belgilanadi. Rentgen (r) bilan oʻlchanadi. Radiatsiya miqdori singuvchi radiatsiya va b. radioaktiv nurlanishlarning shikastlovchi taʼsiriga bogʻliq. Bir kunda 20 r gacha Radiatsiya kishi organizmi uchun xavfsiz doza hisoblanadi. Bundan ortiq miqdordagi Radiatsiya organizmdagi toʻqimalarni shikastlab, kishini nurlanish kasalligiga mubtalo qiladi. Radiatsiya dozasi dozimetrik asboblar yordamida oʻlchanadi. Radioaktiv modda (a, r~, u nurlar, neytronlar va b.) va b. ionlovchi nurlanish manba (rentgen qurilma)lari bilan ishlaganda ularning zararli dozasini xavfsiz nurlanish dozasigacha kamaytirish uchun tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan.
Ensiklopediya.uz
RADIATSIYA