SANʼATLAR SINTEZI
SANʼATLAR SINTEZI — bir badiiy asar yoki yaxlit ansamblni yaratishda turli sanʼatlar va sanʼat asarlarining oʻzaro uzviy bogʻlanishi; insonning moddiy va maʼnaviy muhitini estetik jihatdan tuzishga xizmat kiladi. Sanʼatlar sintezi tushunchasi sifat jihatdan yangi badiiylik yaratishni nazarda tutadi. Seda har biri oʻzining cheklangan ifoda va tasviriy imkoniyatiga ega boʻlgan sanʼatlar birlashuvi natijasida ifodasi beqiyos yangi badiiy asar yuzaga keladi. Badiiy asar gʻoyasi, obraz va kompozitsion butunligi, makon va zamonni yaratishdagi umumiy ishtiroki, koʻlami, ritmidagi monandlik sanʼatda ularni idrok etishni kuchaytirib, sifat oʻzgarishlarini yuzaga keltiradi; badiiy gʻoyalar rivojiga koʻp planlilik, serqirralik baxsh etib, insonga har taraflama toʻla hissiy taʼsir koʻrsatadi. Teatr, kino va unga yakin fazoviy sanʼatlar tabiatan mujassamlashtiruvchi boʻlib, bular dramaturg (ssenariychi), aktyor, rej., rassom, kinoda, shuningdek, operator ijodini birlashtiradi; musiqali teatrda dramatik sanʼat, vokal va cholgʻu asboblari musiqasi, xoreofafiya va h. k. bir butunlikda namoyon boʻladi. Rejissyorlik sanʼati badiiy teatr yoki kinematografiya asarlarini yangi butunlikka birlashtiradi.
Ensiklopediya.uz
SANʼATLAR SINTEZI