RAVOQ

RAVOQ

RAVOQ — toqning bir turi; bino devorlaridagi deraza va eshik oʻrinlarining yuqori qismiga qoʻyiladigan mehrobiy yoysimon qurilma. Ravoq yoʻnilgan, tabiiy yoki sunʼiy toshlar, beton, temirbeton, yogʻoch va poʻlat singari materiallardan ishlanadi. Ravoqning tayanch qismi tovon, markaziy ponasimon gʻishti yoki toshi esa qulf deb ataladi. Ravoqlar shakliga koʻra: yakka markazli, yarim aylana shaklli, baland markazli taqasimon, bir necha markazli nayzasimon, tuxumsimon boʻladi. Hoz. zamon inshootlarida ichki kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida Ravoqlar 2—3 sharnirli qilib ishlanadi. Ustunlarga tiralgan bir xil hajm va shakldagi Ravoqlar qatori qatorak (arkada) deb nomlangan.

Ensiklopediya.uz
RAVOQ