SAMOLYOT
SAMOLYOT (rus. sam — oʻzim va letat — uchmoq) , aeroplan — havodan ogʻir uchish apparati. Dvigatel yordamida ilgarilama harakatlanganda qanotlarda vujudga keladigan koʻtarish kuchi taʼsirida yerdan kutariladi. Dvigatel valiga Urnatilgan vint tez aylanganda hosil buladigan tortish kuchi (porshenli dvigatellar urnatilgan Sda) yoki soplo orqali katta tezlikda chiqadigan gazlarning itarish kuchi (reaktiv dvigatelli Sda) taʼsirida oldinga harakatlanadi (uchadi). Qanotlarining bir yoki ikki tekislikda joylashishiga qarab, Samolyot monoplan (qanoti bir tekislikda) va biplan (qanotlari ikki tekislikda), dvigatellari soniga qarab, 1, 2, 3 va 4 motorli (baʼzan, besh va olti motorli); dvigatellari turiga qarab, vintli (porshenli va turbovintli), reaktiv dvigatelli (q. Aviatsiya dvigateli), yulovchilar oʻrinlari soniga qarab, bir, ikki va kup urinli; qoʻllanilishiga qarab, harbiy va fuqaro, sanitariya, yuk va maxsus turlarga bulinadi. Quruklikdan, suvdan (gidrosamolyot), shuningdek, ham suvdan, ham quruklikdan kutarila oladigan (samolyotamfibiya, yaʼni gʻildirakli shassi bilan jihozlangan gidrosamolyot) Samolyotlar bor.
Ensiklopediya.uz
SAMOLYOT