RUBOIY
RUBOIY (arab. — toʻrtlik) — Sharq xalqlari sheʼriyatida keng tarqalgan poetik janr. Tayin gʻoyaviybadiiy va shakliy shartlarga binoan yaratilgan 4 misradan iborat falsafiy, axloqiy, taʼlimiy yoki ishqiy mavzudagi sheʼr. R. hazaj baxrida (axram va axrab vaznlarida jami 24 ta) yoziladi. Boshqa bahrlarda yozilgan toʻrtliklar dubaytiy, kuylanadiganlari esa tarona deb ataladi. Ruboiy qofiyalanish tartibiga koʻra ikki xil boʻladi. Birinchi xil Ruboiy larning 1—2—4misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-b-a shaklida). Mas: Koʻpdin berikim yoru diyorim yoʻqtur, Bir lahzau bir nafas qarorim yoʻqtur. Keldim be sori oʻz ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yoʻqtur.
Ensiklopediya.uz
RUBOIY