SALIMIYA MASJIDI
SALIMIYA MASJIDI — Turkiya (Edirne sh.)dagi meʼmoriy yodgorlik (1569—75). Meʼmori Xoja Sinon. Sm. oʻziga xos tashqi koʻrinishga ega. Murabba tarxdi, xonaqohi ulkan gumbazli (diametri 31,28 m). Gumbaz 8 ta ravokdi ustunlarga tayangan. Xonaqoh 3 tomondan galereyali, ravoqli, tomi gumbazli xonalar b-n oʻralgan. Hovli oʻrtasida katta marmar favvora bor. Masjidga kiriladigan 7 ta marmar peshtoqli eshiklarning 4 tasi zalning yon tarzlarida joylashgan. Salimiya masjidida koshin va marmar bezaklar keng qoʻllanilgan. Uning 4 burchagidagi 4 minora (bal. 70 m) masjidga salobat baxsh etgan. Salimiya masjidida turk meʼmorligining milliy qirralari yorqin aks etgan.
Ensiklopediya.uz
SALIMIYA MASJIDI