RODANIDLAR
RODANIDLAR, tiotsianatlar — rodanid kislotanst hosilalari. Umumiy formulasi RSCN (R — bir valentli metall yoki organik radikal, SCN — rodan yoki tiotsian ion). Anorganik Rodanidlar — tuzlar, Mas, kaliy rodanid, ammoniy rodanid. Koʻpchilik Rodanidlar suvda yaxshi eriydi. Rodanidlar sianidlarga oltingugurt qoʻshilishi natijasida hosil boʻladi. Koks gazini tozalashda ham koʻpgina miqdorda Rodanidlar ajraladi. Anorganik R. analitik kimyoda, organik R. insektitsid, fungitsit, bakteritsid va gerbitsidlar sifatida ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
RODANIDLAR