RISQULOV
RISQULOV Turor [1894. 14(26)12, Yettisuv (hoz. Olmaota) viloyati Verniy uyezdi Sharqiy Toʻrgʻay boʻlisi (volosti) — 1938.10.2, Moskva] — davlat va jamoat arbobi. Merke sh. dagi rustuzem maktabi (1910) va Pishpek (hoz. Bishkek)dagi xoʻjalik maktabini tugatgan (1914). Turkistonda podsho Rossiyasiga qarshi 1916-y. da koʻtarilgan milliy ozodlik harakatida qatnashgan. Toshkentdagi oʻqituvchilar seminariyasidaoʻqigan (1916—17). Qozoq (qirgʻiz) yoshlarining inqilobiy tashkilotini tuzishda ishtirok etgan (1917-y. yozi). Turkiston ASSR sogʻliqni saqlash shq komissari (1918— 19), Turkiston kompartiyasi Musulmonlar byurosi raisi (191920), Turkiston ASSR MIK raisining 1oʻrinbosari (1919-y. okt. dan), raisi (1920). R. Moskvaga chaqirib olinib, unga RSFSR Milliy ishlar xalq komissarligining 2oʻrinbosari, komissarliknnig Ozarbayjondagi muxtor vakili lavozimlari (1920-y. avg. — 1922-y. iyul) berildi. Keyin oʻz yurtiga qaytarildi va u Turkiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti raisi vazifasida ishlay boshlatsi (1922-y. sent. — 1924-y. yanv.). 1924 — 25 y. larda u yana Moskvaga chaqirib olindi, Komintern (Kommunistik Internatsional) ijroiya qoʻmitasida, (aoliyat koʻrsatdi (Oʻrta Sharq boʻlimi prining yordamchisi, Mongoliyada… favqulodda vakil). Soʻng VKP (b) Qozogʻiston oʻlka komitetiga yuborilib, «Yenbekshi kazax» gaz. masʼul muharriri qilib tayinlandi (1926-y. 10 apr. dan). RSFSR XKS raisining oʻrinbosari (192637).
Ensiklopediya.uz
RISQULOV