RADIOAKTIVLIK
RADIOAKTIVLIK (radio… va activus — taʼsirchan) — kimyoviy element beqaror izotopining elementar zarralar yoki yadrolar chiqarib oʻz-oʻzidan boshqa element izotopiga aylanish krbiliyati. Tabiiy sharoitlardagi izotoplarda boʻladigan Radioaktivlik tabiiy Radioaktivlik, yadro reaksiyalari vositasida olinadigan izotoplarning Radioaktivliki sunʼiy Radioaktivlik deyiladi. Sunʼiy va tabiiy Radioaktivlik orasida hech qanday farq yoʻq. Ikkala holda yuz beradigan radioaktiv yemirilish jarayoni bir xil qonunlarga boʻysunadi.
Ensiklopediya.uz
RADIOAKTIVLIK