SPORT TIBBIYOTI

SPORT TIBBIYOTI

SPORT TIBBIYOTI — tibbiyotning jismoniy mashkdar va sportning odam organizmi, uning ayrim sistemalari va aʼzolariga taʼsirini oʻrganadigan sohasi. Asosiy vazifasi jismoniy mashkdarning organizmga salomatlikni mustahkamlaydigan, mehnat qobiliyatini oshiradigan va umrni uzaytiradigan omil sifatidagi taʼsirini oʻrganish hamda jismoniy mashkdar va sport mashgʻulotlarining ratsional usullarini ishlab chiqishdan iborat. Sport tibbiyoti tibbiyotning mustaqil sohasi sifatida rivojlanadi. U oʻzining oʻrganish usuliga (xususan, organizm va uning ayrim sistemalari hamda aʼzolarning funksional imkoniyatlarini aniklash sohasida), ilmiy muassasalari va fizkultura hamda sport sohasidagi mutaxassis vrachlarga ega. Sport tibbiyoti koʻpgina klinik va nazariy tibbiyot fanlari bilan bevosita bogʻliq. St., asosan, muskul, suyak va b. sistemalarda, shuningdek, ayrim aʼzolarda jismoniy mashklar va sport bilan shugʻullanish natijasida paydo boʻladigan morfologik oʻzgarishlarni oʻrganadigan funksional dinamik anatomiya, turli aʼzolar va sistemalar faoliyatida har xil sport yuklama (nagruzka)lari chogʻida paydo boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganadigan fizkultura va sport fiziologiyasi; sportchining salomatligiga va mehnat qobiliyatiga taʼsir qiladigan murakkab biokimyoviy jarayonlarga aloqador maʼlumotlarni qayd qiladigan va umumlashtiradigan sport biokimyosi; turli xarakterdagi gigiyenik omillar (kiyimbosh, poyabzal gigiyenasi, mashkdar oʻtkaziladigan joy, sport inshootlari qurilishlari, sanitariya meʼyorlari va b.)ni oʻrganadigan fizkultura va sport gigiyenasi: fizkultura va sport mashgʻulotlari bilan bogʻliq shikastlanishlarning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadigan sport travmatologiyasi; turli dori vositalarining organizmga taʼsirini oʻrganadigan sport farmakologiyasi va boshkalar bilan shugʻullanadi. Sport tibbiyoti sport mashqlari bilan noratsional shugʻullanish natijasida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan patologik oʻzgarishlarni oʻrganadi va ularning oldini olish choralarini ishlab chiqadi.

Ensiklopediya.uz
SPORT TIBBIYOTI