SULTON AKBARIY

SULTON AKBARIY

SULTON AKBARIY (taxallusi; asl ism-sharifi Akbarov Sulton) (1923.3.12 — Toshkent—1997.3.6) — shoir, jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Toshkent ped. intini tugatgan (1942). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—45). «Lenin uchquni» (1946—47), «Yosh leninchi» (1952—53), «Qizil Oʻzbekiston» (1953—59) gaz. larida ishlagan. Badiiy adabiyot nashriyotida bosh muxarrir (1960—63), «Toshkent haqiqati», «Sirdaryo haqiqati» gaz. larida masʼul kotib, muharrir oʻrinbosari (1963—64). «Sharq yudduzi» (1964—66), «Guliston» (1968) jurnalilarida boʻlim mudiri, masʼul kotib, «Oʻqituvchilar gazetasi»da muharrir oʻrinbosari (1968-y. dan). Ijodi 1940-y. dan boshlangan. Baxshiyona uslubda ijod qilgan. «Imonim, eʼtiqodim», «Yaralangan qoʻshiqlar», «Suluv suluv emas, suygan suluv», «Shukrona», «Mehrigiyo» (1956), «Dovon va devon», «Koʻngil ohanglari» (1968) va b. sheʼriy toʻplamlar muallifi. Sulton Akbariy dostonnavis sifatida ham koʻplab asarlar yozgan: «Girdob», (1964), «Ustod» (1970), «Qatagʻon» (1992). Qirgʻiz eposi «Manasning 3-kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Ensiklopediya.uz
SULTON AKBARIY